Jahon

AQSH G‘azo yaqinida 10 ming kishilik vaqtinchalik baza qurishni rejalamoqda

AQSH G‘azo yaqinida 10 ming kishilik vaqtinchalik baza qurishni rejalamoqda

AQSH harbiylari G‘azo sektori yaqinida 10 ming kishilik vaqtinchalik baza qurish imkoniyatini o‘rganmoqda. Maqsad hududda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulhni nazorat qiluvchi Xalqaro barqarorlashtirish kuchlarini joylashtirishdir.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH harbiy-dengiz kuchlari 12 oy ishlaydigan, mustaqil infratuzilmaga ega baza qurish uchun kompaniyalardan xarajat smetasini so‘ragan. Hujjatda baza joyi “G‘azo yaqinida, Isroilda” deb ko‘rsatilgan.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi vakili Tim Xokins:

“Aniq aytaman, G‘azoga AQSH askarlari joylashtirilmaydi.”

Baza Isroil va Misr bilan hamkorlikda ishlaydigan xalqaro kuchlarga mo‘ljallangan bo‘lib, hududni xavfsiz saqlash va qayta tiklash jarayoniga yordam beradi.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Livit:

“Bu faqat harbiy tizim ichida tayyorlangan dastlabki hujjat, rasmiy qaror emas.”

Isroil armiyasi vakili ham aniq ma’lumot yo‘qligini aytgan, ammo mamlakat AQSH bilan G‘azo kelajagi bo‘yicha bir necha g‘oyalarni muhokama qilayotganini tasdiqlagan.