Viloyat bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, Andijon aeroportida uch nafar ayol umumiy qiymati 200 million so‘m bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirishga uringan.
Uch ayol Istanbul–Andijon yo‘nalishi bo‘yicha kelayotgan yo‘lovchilar sifatida bojxona nazoratidan o‘tgan. Bojxona xodimlarida shubha uyg‘onishi bilan shaxsiy ko‘rik o‘tkazilgan va 225,3 gramm og‘irlikdagi taqinchoqlarni yashirish urinishlari aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan va taqinchoqlar vaqtincha saqlovga olingan.
O‘zbekistonda o‘n oy davomida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari doirasida:
-
34,6 mingta holatda qariyb 1 trillion so‘mlik tovarlar to‘xtatilgan,
-
jumladan, 73,3 milliard so‘mlik valyuta qimmatliklari,
-
114,1 milliard so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Shuningdek, ilgari Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 5,7 milliard so‘mlik zargarlik buyumlari ham to‘xtatib qolingan.
Toshkentda yana bir fuqaro 400 million so‘mlik tarixiy tangalarni davlatdan olib chiqishga uringan va fosh qilingan. Ushbu tangalar 210 dona bo‘lib, ular O‘zbekiston davlatchiligi tarixida mavjud deyarli barcha davlatlarga taalluqli kolleksiya sifatida ahamiyatga ega.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!