Jamiyat

Qurilish ishlarining toʻrtdan bir qismini norasmiy sektor bajarayotgani ma’lum qilindi — Statistika qoʻmitasi

Qurilish ishlarining toʻrtdan bir qismini norasmiy sektor bajarayotgani ma’lum qilindi — Statistika qoʻmitasi

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida 224,5 trln soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (185,4 trln so‘m) nisbatan 14,2 foiz o‘sishni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi ma’lum qildi.

Qurilishlarning asosiy qismi — bino va inshootlar

Qo‘mita tahliliga ko‘ra, qurilish ishlarining tarkibi quyidagicha taqsimlangan:

  • 68,9 % — bino va inshootlar qurilishi,
  • 20,8 % — fuqarolik obyektlari qurilishi,
  • 10,3 % — ixtisoslashtirilgan qurilishlar.

Hududlar kesimida: Toshkent yetakchilik qildi

Respublika bo‘yicha eng yirik qurilish hajmi Toshkent shahrida qayd etildi — 64,1 trln so‘m.

Yana yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan hududlar:

  • Toshkent viloyati — 25,2 trln so‘m,
  • Samarqand viloyati — 14,2 trln so‘m,
  • Farg‘ona viloyati — 13,7 trln so‘m,
  • Buxoro viloyati — 13,8 trln so‘m.

Eng past qurilish hajmi esa:

  • Sirdaryo viloyati — 4,4 trln so‘m,
  • Jizzax viloyati — 5,9 trln so‘m.

Norasmiy sektor ulushi sezilarli oshdi

To‘qqiz oy mobaynida:

  • yirik korxonalar tomonidan 54,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan;
  • umumiy hajmning 51 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan;
  • norasmiy sektorda amalga oshirilgan qurilishlar ulushi 24,7 foiz (55,5 trln so‘m)ni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga ko‘p bo‘lgani aytilmoqda, bu esa norasmiy qurilish faoliyatining sezilarli kengayganini ko‘rsatadi.