Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xati yo‘lladi.
Unda To‘qayev joriy yilning 14–16 noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida Qozog‘iston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorligini bildirgan. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Xatda mazkur tashrifning tarixiy ahamiyati qayd etilib, uning Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshilikni mustahkamlashga kuchli turtki bergani ta’kidlangan.
Qozog‘iston Prezidenti Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi tashkil etilishini ham yuqori baholagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa hamkorligining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mazmunli muhokamalar qabul qilingan muhim qarorlar va hujjatlar shuningdek Ozarbayjonning to‘lahuquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi forumga strategik ahamiyatga ega voqea maqomini bergan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!