Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi BAAda o‘tayotgan Al Ain International Cup finali arafasida O‘zbekiston terma jamoasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda jurnalist Hotam Shiralizade o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
Taremi O‘zbekistonni kuchli jamoa sifatida e’tirof etgan bo‘lsa-da, ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yinlar soni ortib ketganini ta’kidladi.
Taremi fikri:
“O‘zbekiston juda kuchli va hurmatga loyiq jamoa. Ammo rostini aytsam, so‘nggi bir yil ichida juda tez-tez o‘ynayapmiz. Biz ham, o‘zbeklar ham bundan zerikib qolgandek. Masalan, Misrga qarshi o‘ynash yaxshi bo‘lardi.”
Turnir haqida
BAAda 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘l olgan to‘rt jamoa — Eron, Kabo-Verde, O‘zbekiston va Misr ishtirokida xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda.
13–14-noyabr kunlari yarim final bahslarida:
- Eron Kabo-Verdeni mag‘lub etdi,
- O‘zbekiston Misrni yengib, finalga yo‘l oldi.
Final uchrashuvi 18-noyabr kuni Abu-Dabidagi “Hazza Bin Zaid” stadionida, Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Oxirgi o‘zaro o‘yinlar statistikasi
So‘nggi 5 yil ichida ikki jamoa 7 marta maydonga tushgan:
- Eron — 2 ta g‘alaba
- O‘zbekiston — 1 ta g‘alaba
- 4 ta o‘yin — durang
Jamoalarning eng so‘nggi uchrashuvi 8-sentyabr kuni Toshkentda o‘tkazilib, O‘zbekiston 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!