Hodisa

Sinoptiklar Rossiyada rekord darajadagi qattiq qish kuzatilishini prognoz qilmoqda

Sinoptiklar Rossiyada rekord darajadagi qattiq qish kuzatilishini prognoz qilmoqda

Rossiya hududida yaqinlashayotgan qish favqulodda sovuq va kuchli yog‘ingarchiliklar bilan kechishi mumkin. Bu haqda “Novosti Mail” xabar berdi.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu yilgi qish so‘nggi 250 yil ichidagi eng sovuq mavsum bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Markaziy va Volgabo‘yi hududlarida havo harorati –35°C gacha pasayishi, qor yog‘ishi 400 millimetrgacha, shamol esa soniyasiga 22 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Ural mintaqasida harorat –40°C darajagacha tushishi, qor bo‘ronlari kuzatilishi va yog‘ingarchilik 350 millimetr atrofida bo‘lishi mumkin.
Krasnoyarsk o‘lkasi hamda Novosibirsk viloyatida esa qariyb 900 millimetrgacha qor yog‘ishi, haroratning –38°C gacha pasayishi prognoz qilinmoqda.

Uzoq Sharq uchun ham sovuq ssenariy kutilmoqda:

  • Primoryeda ayrim hududlarda –35°C,
  • Kamchatka va Magadanda –32°C,
  • Yog‘ingarchilik 450 millimetrdan oshishi,
  • Shamol tezligi soniyasiga 30 metrgacha yetishi mumkin.

Sinoptiklarning yuqori ehtimolli ssenariysiga ko‘ra, kelayotgan qish Rossiyada o‘tgan yilgi mavsumdan ancha sovuq bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Skandinaviya hududida allaqachon qutbiy sovuq oqim shakllanib, anomal sovuqlik to‘lqini boshlangani qayd etilgan.