Madaniyat

Turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan transportlar bojxona bojidan ozod etish uzaytirildi

Turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan transportlar bojxona bojidan ozod etish uzaytirildi

O‘zbekistonda turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarni bojxona bojidan ozod etish muddati 2027-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Avvalroq bu muddat 2025-yil 1-avgustgacha etib belgilangan edi.

Yangi tartibga ko‘ra:

  • Turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar 2027-yilgacha bojxona bojidan ozod qilinadi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil etish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalarini import qilishda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida, 3 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

  • Turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar sonidan qat’i nazar, ularga bitta sertifikat berishga ruxsat etiladi.

Mazkur imtiyozlar turizm infratuzilmasini rivojlantirish va sifatli transport xizmatlarini kengaytirishga qaratilgan.