Oʻzbekistonning 6 ta universiteti Times Higher Education tomonidan eʼlon qilingan Interdisciplinary Science Rankings 2026 – fanlararo ilmiy tadqiqotlar boʻyicha dunyo reytingida eng yaxshi 500 talikdan oʻrin oldi. Bu haqda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.
Reyting 2025-yil 20-noyabr kuni taqdim etilib unda 94 mamlakatdan 1 267 ta oliy taʼlim muassasasi ishtirok etgan. Oʻzbekistondan jami 34 ta OTM roʻyxatga kiritildi ularning 6 tasi 500 talikdan joy oldi. Qolganlari “reporter” maqomida qayd etilgan.
Eng yaxshi 500 talikka kirgan OTMlar:
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 150-oʻrin
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 201–250-oʻrin
- Oʻzbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti – 301–350-oʻrinlar
- Toshkent davlat transport universiteti – 351–400-oʻrinlar
Reyting universitetlarning moliyalashtirish va ilmiy resurslardan foydalanish samaradorligi fanlararo tadqiqotlar infratuzilmasi boshqaruv mexanizmlari ilmiy nashrlar sifati va iqtibos koʻrsatkichlari hamda xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi obroʻsiga asoslangan.
Bundan avval Oʻzbekistondagi 22 ta OTM Osiyoning eng yaxshi universitetlari roʻyxatiga kiritilgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!