Madaniyat

Yovvoyi fauna bilan noqonuniy savdoga qarshi mintaqaviy hamkorlik choralariga oid Samarqand deklaratsiyasi taqdim etildi

Yovvoyi fauna bilan noqonuniy savdoga qarshi mintaqaviy hamkorlik choralariga oid Samarqand deklaratsiyasi taqdim etildi

“Silk Road Samarkand” turistik majmuasi ko‘rgazma markazida CITES COP20 doirasida Markaziy Osiyoda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash va yovvoyi resurslardan barqaror foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha yirik mintaqaviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand deklaratsiyasi va 2026–2032-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi taqdim etildi.

Tadbir Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar va xo‘jalik hamkorlari vakillarini bir joyga jamladi. Unda O‘zbekiston Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Qozog‘iston ekologiya vaziri Yerlan Nysanbayev, Qirg‘iziston Tabiiyat resurslari vaziri Meder Mashiyev, CITES Bosh kotibi Ivonn Iguero, shuningdek TRAFFIC International, IUCN va EI vakillari ishtirok etdi.

Mintaqadagi asosiy tahdidlar va zarurat

Markaziy Osiyo sayg‘oq, qor qoploni, lochin kabi noyob turlar vatani hisoblanadi. Biroq yashash muhitining qisqarishi, iqlim o‘zgarishi, noqonuniy savdo va brakonyerlik sohada asosiy tahdidlarga aylanib bormoqda. Bu holat nafaqat ekotizimlarga, balki mahalliy aholi hayotiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Samarqand deklaratsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlarini yagona majburiyat ostida birlashtirib, quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • Huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida yaqin hamkorlik;
  • Qonunchilikni uyg‘unlashtirish;
  • Axborot almashinuvini kuchaytirish;
  • Tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni qo‘llab-quvvatlash.

Transchegaraviy tahdid – transchegaraviy yechim

Ochilishda so‘zga chiqqan Aziz Abduhakimov quyidagilarni ta’kidladi:

“Markaziy Osiyoda sayg‘oq, qor qoploni, jayron va boshqa turlar tobora kuchayib borayotgan noqonuniy savdo va ortiqcha ovlash tahdidiga duch. Har yili minglab noqonuniy savdo holatlari qayd etiladi. Tahdidlar transchegaraviy — demak, yechimlar ham transchegaraviy bo‘lishi shart.”

U Samarqand deklaratsiyasини “mintaqa tarixida yangi bosqich” deb atadi va mamlakatlarni hamkorlik va tezkor axborot almashuvga chaqirdi:

“Bugun biz hamkorlikni, aniq faktlarni va harakatni tanlayapmiz. Samarqand tabiatni asrashda birlik ramziga aylanadi.”

Samarqand deklaratsiyasi — 2026–2032 yillar

Tadbirда taqdim etilgan hujjatlar quyidagi yunalishlarni o`z ichiga oladi:

  • Mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish;
  • Qonunchilikni uyg‘unlashtirish;
  • Qo‘shma monitoring va axborot almashish mexanizmlarini yaratish;
  • Yovvoyi tabiatdan barqaror foydalanishga oid choralarni joriy etish.

Ishtirokchilar mintaqавий tajribalar, xalqaro hamkorlik mexanizmlari ва bioxilma-xillikni asrash bo‘yicha amaliy takliflarni muhokama qildi.