Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2026 qur’asida 3-savatchadan joy oldi

O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2026 qur’asida 3-savatchadan joy oldi

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati qur’a savatchalarini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi rasmiy tasnifga ko‘ra 3-savatchadan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozircha mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 42 jamoa ma’lum bo‘lib, ular FIFA reytingi asosida 4 ta savatchaga taqsimlangan. Turnir boshlanguniga qadar yana 22 jamoa 6 ta bo‘sh o‘rin uchun kurashni davom ettiradi:

  • Yevropa — 4 yo‘llanma;

  • Qit’alararo pley-off — yana 2 yo‘llanma.

Pley-off orqali keladigan jamoalar reytingidan qat’i nazar 4-savatchaga joylashtiriladi.
Mezbonlar — AQSH, Meksika va Kanada — avvaldan 1-savatchaga kiritilgan.

JCh–2026 uchun qur’a savatchalari

1-savatcha (12 jamoa)

Kanada (mezbon), Meksika (mezbon), AQSH (mezbon), Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya.

2-savatcha (12 jamoa)

Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveysariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya.

3-savatcha (12 jamoa)

Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, O‘zbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika.

4-savatcha (12 jamoa)

Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Gaiti, Yangi Zelandiya (va pley-off orqali keladigan jamoalar).