Farg‘onada Nexia va Moskvich avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 28-noyabr kuni soat 15:00 atrofida Bag‘dod tumanida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvich avtomobili yo‘lning belgilangan bo‘lmagan qismidan ortga qayrilayotgan vaqtda ortidan kelayotgan Nexia-2 transport vositasi unga urilgan.
To‘qnashuv natijasida avtomobillar jiddiy zarar ko‘rgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Moskvichning zarba oqibatida ikkiga ajralib ketgani ko‘rinadi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, har ikki avtomobil haydovchisi yengil tan jarohati olgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!