Jamiyat

Navoiyda ekologiya inspektoriga hujum qilgan brakonyerlar aniqlanib, tekshiruv boshlandi

Navoiyda ekologiya inspektoriga hujum qilgan brakonyerlar aniqlanib, tekshiruv boshlandi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida ekologiya boshqarmasi xodimi I.X. xizmat vazifasini bajarayotganda brakonyerlar tomonidan zo‘ravonlikka uchradi. Rasul Kusherbayevning aytishicha, noqonuniy ov bilan shug‘ullanayotgan guruh inspektorning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, hatto Buxorodan qo‘shimcha odam chaqirib, voqea joyidan qochishga uringan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 5 nafar shaxs aniqlanib, ichki ishlar organlariga olib kelingan. Ularning avtomobilidan bir yovvoyi quyon, ikki yovvoyi o‘rdak va ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan to‘rt dona ov quroli topilgan.

Hozirda holat yuzasidan ekspertizalar tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatida hokim o‘rinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani uchun ishdan olingani va unga nisbatan surishtiruv boshlanganini eslatib o‘tamiz.