Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etdi.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
Fuqarolarning murojaatlari asosida undirib berilgan mablag‘lar
Ombudsman aralashuvi bilan fuqarolar foydasiga 9 mlrd 327 mln so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi. Shundan 2 mlrd 162 mln so‘mdan ortig‘i mehnat munosabatlari va ish haqi masalalariga oid.
Ishga tiklash va ishga joylashtirish
25 nafar fuqaroning ishga tiklash yoki ishga joylashtirish bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etildi.
11 ta holatda ish beruvchilarning xodimlarga nisbatan noqonuniy harakatlari bartaraf etildi.
Aliment to‘lovlari
Ombudsman so‘rovi asosida voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun 577 mln so‘mdan ortiq aliment undirib berildi.
Aaliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 3 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
Yer uchastkalari bo‘yicha kompensatsiyalar
Davlat va jamoat ehtiyoji uchun yer uchastkalari olib qo‘yilgan holatlarda fuqaro manfaatiga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya undirib berilishiga ko‘maklashildi.
Mas’ul xodimlarga nisbatan choralar
Murojaatlar o‘rganilishi jarayonida inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan 33 nafar mas’ul xodimga hayfsan, jarima yoki lavozimidan ozod etish kabi intizomiy va ma’muriy choralar qo‘llandi.
Monitoring tashriflari
Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 728 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!