Pokistonning Balujiston provinsiyasi, Chag‘ay tumanidagi xavfsizlik kuchlari markazida 30-noyabr oqshomida xudkushlik hujumi sodir bo‘ldi. Afghanistan International xabariga ko‘ra, portlash va undan keyin boshlangan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan.
Hujum uchun mas’uliyatni “Balujiston ozodlik armiyasi” o‘z zimmasiga olgan. Guruh ma’lumotiga ko‘ra, hujumni Zarina ismli ayol amalga oshirgan bo‘lib, u Baluj qurolli harakatlari safidagi beshinchi ayol-xudkushchi sifatida tilga olinmoqda. Shuningdek, yana ikki ayol rejalashtirilgan xudkushlik hujumi oldidan qo‘lga olingani aytilgan.
Hodisa tafsilotlari
-
Portlash bazaning kirish qismida amalga oshirilgan.
-
Portlashdan so‘ng kamida 6 nafar qurolli shaxs shtab hududiga bostirib kirgan.
-
Harbiylar bilan otishma 1,5 soat davom etgan.
-
Rasmiylar otishma chog‘ida hujumchilardan 3 nafari yo‘q qilinganini tasdiqlagan.
-
Yarim tundan keyin ham hududda tozalash ishlari davom ettirilgan, qo‘shimcha qurbonlar haqida xabar berilmagan.
Hujum sodir bo‘lgan joy
To‘qnashuv Pokiston xavfsizlik kuchlarining “Chegara korpusi” (Frontier Corps) lagerida boddi. Bu lager Kvetta magistrali bo‘ylab joylashgan bo‘lib, hudud Balujiston separatist guruhlari faol bo‘lgan mintaqalardan biri hisoblanadi.
“Balujiston ozodlik harakati” — kimlar ular?
-
Balujiston provinsiyasida faoliyat yurituvchi separatist guruh.
-
Mustaqillik yoki kengroq avtonomiya talab qiladi.
-
Xavfsizlik kuchlari, hukumat ob’ektlari va infratuzilmaga qarshi qurolli hujumlar uyushtiradi.
-
Pokiston hukumati guruhni terrorchi tashkilot sifatida e’tirof etadi.
Guruh shu yilning mart oyida ham Peshovar–Kvetta yo‘nalishidagi poyezdga hujum qilib, yo‘lovchilarni garovga olgani, o‘sha voqeada o‘nlab tinch aholi va askarlar halok bo‘lgani eslatib o‘tildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!