Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2-dekabr kuni bergan bayonotida Moskvaning Yevropa bilan urush istamasligini, biroq agar Yevropa buni tanlasa, Rossiya bunga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Putinning Yevropaga da’vosi
Kreml rahbari Yevropa davlatlarini AQSH prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi urushni tugatish tashabbuslarini sabotaj qilishda aybladi. Uning ta’kidlashicha, yevropaliklar Rossiya uchun “mutlaqo maqbul bo‘lmagan” takliflarni ilgari surmoqda va keyinchalik Moskvaning muzokara istamasligini iddao qilishga urinyapti.
Putin shunday dedi:
“Rossiya Yevropa bilan urushmoqchi emas. Lekin agar ular urushni xohlasa, biz bunga hozirning o‘zida tayyormiz. Yevropaliklar AQSHning tinchlikka erishish harakatlariga xalaqit qilmoqda. Ular real voqelikni inobatga olgan taqdirda, biz muzokaralarga qaytish imkonini beramiz.”
Ukrainaga nisbatan tahdidlar
Putin nutqining davomida Yevropaning urush yo‘lidan ketayotganini aytib, Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotlar yanada kengaytirilishini bildirdi. Unga ko‘ra, Rossiya Ukraina portlari va kemalariga berilayotgan zarbalar geografiyasini kengaytiradi.
Prezidentning qo‘shimcha bayonoti:
“Agar Ukraina Rossiya kemalariga hujumlarni davom ettirsa, Moskva Kiyevni dengizdan uzib qo‘yishi mumkin.”
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!