Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi “Ko‘k saroy” savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi direktori Aziz Shaymardanovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
Prezidentning Jizzaxga tashrifi
2-dekabr kuni Prezident Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida “Ko‘k saroy” savdo kompleksida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Davlat rahbari:
-
majmua imkoniyatlarini o‘rgandi;
-
fuqarolar bilan muloqot qildi;
-
xizmatlar sohasini kompleks rivojlantirish, shuningdek, shunday zamonaviy markazlarni boshqa hududlarda ham ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
Tadbirkorning mehnati e’tirof etildi
Prezident savdo majmuasi rahbari — “Ko‘k Saroy Resident City” MChJ direktori Aziz Ilbatirovich Shaymardanovning tashabbuskorligi, tadbirkorlikdagi tajribasi, yirik loyihalarni amalga oshirishdagi faolligi va vatanparvarligini yuqori baholadi hamda uni davlat mukofoti bilan taqdirlashga tavsiya etdi.
Prezident farmoniga asosan tadbirkorga “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Mukofotni Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tantanali ravishda taqdim etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!