Toshkent metropolitenida bir qator bekatlarda kassalar faoliyati to‘xtatilmoqda. 2025-yil 9-dekabrdan boshlab jami 16 ta bekatda kassalar yopilib, ularning o‘rnida QR-kodli chiptalar beruvchi zamonaviy infokioskalar ishga tushiriladi.
Qaysi bekatlar?
-
“Yerusti xalqa yo‘li” yo‘nalishidagi 14 ta bekat
-
“Paxtakor” bekati
-
“Alisher Navoiy” bekati
Infokioskalarning afzalliklari
-
Naqd pul aylanmasi kamayib, to‘lovlar shaffoflashadi;
-
Chipta xaridi tezlashadi, navbatlar qisqaradi;
-
QR-kodli chipta telefon orqali yoki chop etilgan kvitansiya ko‘rinishida foydalanish mumkin.
Metrodagi to‘lov tizimidagi islohotlar
Bugungi kunda Toshkent metropolitenida yo‘l haqini to‘lashning 10 dan ortiq usuli mavjud. Elektron to‘lovlar ulushi ortib borayotgani sababli ko‘plab bekatlarda avtomatlashtirilgan bankomatlar o‘rnatilmoqda.
Shu jarayon natijasida kassa operatorlariga bo‘lgan ehtiyoj kamaymoqda. Birinchi bosqich doirasida 204 ta kassa operatori shtati amaldagi normativ hujjatlar asosida qisqartirildi. Yil yakuniga qadar metropolitenning barcha bekatlarida bankomatlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan so‘ng kassa operatori va katta operator lavozimlari to‘liq bekor qilinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!