Hodisa

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi sababli harakat vaqtincha to‘xtatildi

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi sababli harakat vaqtincha to‘xtatildi

10-dekabr tongida Qamchiq dovonida transport vositalari harakati xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha cheklab qo‘yildi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qilishicha, ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi, kuchli qor yog‘ishi va “O‘zgidromet” tomonidan berilgan ogohlantiruv — hududda qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani bois soat 02:30 dan harakat to‘xtatilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, mutasaddi tashkilotlar dovondagi xavfni kamaytirish va yo‘lni qayta ochishga tayyorlash uchun zarur profilaktik ishlarni olib bormoqda. Harakat tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 10–12-dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuqoriligi haqida ogohlantirgan edi.