Bugun, 13-dekabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozorida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 01:30 da Beshtarik ko‘chasida joylashgan bozor hududidagi ma’muriy binoda sodir bo‘lgan. Xabardan so‘ng qutqaruv ekipajlari soat 01:34 da voqea joyiga yetib borgan.
Yong‘in soat 02:29 da o‘rab olinib 03:03 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Boshqarma yong‘in natijasida qanchalik hudud zarar ko‘rgani va yetkazilgan moddiy zarar miqdori bo‘yicha ma’lumot bermagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar bozor butunlay yonib ketgani haqida da’vo qilmoqda. Rasmiy idoralar bu borada izoh bermagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!