Jahon

Tramp pedofilmi? Epshteyn ishi bo‘yicha yangi hujjatlar internetga tarqab ketdi

Tramp pedofilmi? Epshteyn ishi bo‘yicha yangi hujjatlar internetga tarqab ketdi

AQSH Adliya vazirligi avval “jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari”ni o‘z ichiga olgan fayllarning bir qismini saytida e’lon qilgan, keyin esa ularni olib tashlagan. Hujjatlar taxminan bir yarim soat turgan. Yangi maxfiy hujjatlar to‘plamida Tramp tomonidan 13 yoshli qizning go‘yoki zo‘rlangani haqidagi guvohliklar aniqlangan. Shuningdek, Tramp o‘ziga yoqqan qizlarni boshqa boy ishtirokchilarga “auksionda sotgan”. Jabrlanuvchilarning bir qismi keyinchalik bedarak yo‘qolgan, ayrim taxminlarga ko‘ra, ular o‘ldirilib, golf-klub hududida dafn etilgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, milliarder Bill Geyts Epshteyndan rafiqasi Melinda uchun “antibiotiklar” topib berishni so‘ragani, chunki u noma’lum “rossiyalik qizlar” bilan jinsiy aloqadan so‘ng tanosil infeksiyasini yuqtirib olgani ham hujjatlarda qayd etilgan. Shuningdek, Epshteyn Ilon Mask bilan ham uchrashuv haqida kelishgan.

AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarni e’lon qilishni yakunlaganini bildirdi. Matnli fayllardan tashqari, 2000 ta videoyozuv va 180 000 ta tasvir ham oshkor qilindi. AQSh ma’muriyati kechikishlarni jabrlanuvchilarning shaxsini yashirish zarurati bilan izohlagan edi.

AQSh Adliya vazirligi juma kuni, 30 yanvarda Jyeffri Epshteyn ishi bo‘yicha yana 3 million sahifadan ortiq hujjatni oshkor qilganini ma’lum qildi. Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Todd Blansh matbuot anjumanida, shuningdek, 2000 dan ortiq videoyozuv va 180 000 ta boshqa tasvir ham e’lon qilinganini aytdi.

“Bugungi chiqarish Amerika xalqi uchun ochiqlikni ta’minlash va qonunga rioya etishga qaratilgan hujjatlarni aniqlash hamda tekshirishning juda puxta jarayoni yakunlanganini anglatadi”, — dedi adliya vaziri o‘rinbosari.

Blanshning aniqlashicha, vazirlik arxivida jami olti million sahifa bor, ammo ularning yarmidan biroz ko‘prog‘igina Epshteynga bevosita aloqador. Demak, idora bayonotiga ko‘ra, hozirgacha umumiy hisobda “deyarli 3,5 million sahifa” e’lon qilingan — shu bilan ishga nuqta qo‘yilgan.

Materiallarni oshkor qilish jarayonida kechikish yuz bergan. AFP agentligi qayd etishicha, AQSh Kongressi qaroriga ko‘ra, jarayon 2025 yil 19 dekabrga kelib deyarli to‘liq yakunlangan bo‘lishi kerak edi.

Tramp ma’muriyati kechikishlarni jinsiy jinoyat qurbonlarining shaxsini yashirish zarurligi bilan tushuntirgan. Blanshning aytishicha, materiallarda aks etgan barcha ayollarning yuzi, Epshteynning yordamchisi Gisleyn Maksvelldan tashqari, retush qilingan (yashirilgan). Oq uy esa Tramp ma’muriyati “qurbonlar uchun demokratlar hech qachon qilmagan darajada ko‘p ish qildi”, deb bayonot bergan.

Boshqa hujjatlar orasida, xususan, Federal tergov byurosi (FBI) blanki ham e’lon qilingan bo‘lib, unda 13 yosh paytida o‘zini zo‘rlanganini aytib, AQSh prezidenti Donald Trampni ayblagan ayolning shikoyati batafsil bayon etilgan. CNN telekanali eslatishicha, bu ayol avvalroq Trampga qarshi bir necha bor anonim tarzda da’vo arizalari kiritgan, ammo har safar ulardan voz kechgan; eng so‘nggi marta — 2016 yilgi saylovlar arafasida.

Hujjatlar e’lon qilinishi oldidan Respublikachilar partiyasi ichida keskin ixtiloflar bo‘lgan. Donald Tramp dastlab materiallarni oshkor qilish haqidagi qonunga qarshi chiqqan, ammo o‘z tarafdorlarining bosimi ostida baribir uni imzolagan.

Epshteyn ishi bo‘yicha avvalroq e’lon qilingan materiallar allaqachon qator mashhur shaxslar bilan aloqalarni ko‘rsatgan, jumladan, Britaniya shahzodasi Endryu ham tilga olingan — u shu sababli qirollik unvonidan mahrum bo‘lgan. Bundan tashqari, JPMorgan banki Epshteynga ko‘p yillar davomida mijoz sifatida xizmat ko‘rsatgani uchun qurbonlar bilan tuzilgan kelishuv doirasida 290 million dollar to‘lagan. AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ish materiallarida 1200 dan ortiq jabrlanuvchi aniqlangan. Epshteyn esa 2019 yilda Manhettendagi qamoqxonada, sudni kutar ekan, o‘z joniga qasd qilgan.

Bundan oldin, 2025 yil dekabr oyida Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarning avvalgi qismi e’lon qilinganidan keyin, materiallarni nashr etish to‘g‘risidagi qonun tashabbuskorlari Adliya vazirligini axborotni yashirishda ayblagan edi. Demokratik partiyadan kongressmen Ro Xanna X tarmog‘ida joylangan videoyozuvda guvohlar ko‘rsatmalari kiritilgan 119 sahifali hujjat butunlay retush qilinganini aytgan. U Epshteyn qurbonlari bilan hamkorlik qilib, materiallarning to‘liq oshkor etilishiga erishish niyati borligini ma’lum qilgan.