Jahon

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi sayyohlar uchun eng xavfsiz davlat deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi sayyohlar uchun eng xavfsiz davlat deb topildi

Xalqaro SOS platformasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi sayyohlar uchun eng xavfsiz davlat deb topildi.

Davlat xavf darajasi past bo’lgan mamlakatlar toifasiga kiritilgan. Mamlakatda zo‘ravonlik darajasi past, terroristik hujumlar yoki tartibsizliklar kam uchraydi, xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali hisoblanadi.

Qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston o‘rtacha xavf darajasida deb tasniflandi.

Afg‘oniston, Ukraina, Iroq, Yaman, Liviya, Somali va Janubiy Sudan sayyohlar uchun eng xavfli davlatlar deb topildi. Xavfsizlik bo‘yicha yetakchi davlatlar Shveytsariya, Sloveniya, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya va Grenlandiya oroli hisoblanadi.

Mutaxassislar mamlakatlarning xavflilik darajasini, xususan, infratuzilmaning rivojlanishi va tibbiy yordamning mavjudligini hisobga olgan holda besh balli tizimda baholadi.