Ushbu normalar shu yilning 5-martidan kuchga kiradigan qonunda mustahkamlangan.
Shuningdek, politsiya RF davlat organlari va xorijiy davlatlar hokimiyat organlaridan davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, shu jumladan tijorat, bank, soliq va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rashi mumkin.
Bundan maqsad chet el fuqarolari hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, deyiladi xabarda.
2025-yil 5-martdan boshlab Ichki ishlar vazirligi xodimlari ham ushbu rejimda, jumladan, texnik vositalardan foydalangan holda xorij fuqarolarini kuzatib borishlari mumkin. Ushbu norma, shuningdek, chet elliklarga Rossiya hududida bo‘lishda yordam ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarga ham tegishli.
Bundan tashqari, politsiya mobil qurilmalar va geolokatsiya, yuzni aniqlash tizimida ishlaydigan to‘lov tizimlari ma’lumotlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!