Hodisa, Jamiyat

Ertaga, 1-yanvar kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

Ertaga, 1-yanvar kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin
oplus_0

O‘zgidromet ertaga, 1-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+2, kunduzi +4…+6 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3…-8, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3…+2, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2…+3, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +5…+10 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2…+3, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2…-7, kunduzi -3…+2 daraja bo‘ladi.