O‘zbekiston

«Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatga aralashmang!» — Tashqi mehnat migratsiyasi

«Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatga aralashmang!» — Tashqi mehnat migratsiyasi

Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan”, — deyiladi murojaatda.