16-yanvar kuni BAA Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari oʻrtasida kirish viza talablaridan oʻzaro ozod etish toʻgʻrisidagi hamkorlik protokoli imzolandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida boʻlishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.
Maʼlumot uchun, 2023-yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar Oʻzbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSH dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.
Hukumatlararo hamkorlik protokoli Oʻzbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan imzolandi.
Hujjat rasman 2024-yil 16-fevraldan kuchga kiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!