Qayd etilishicha, Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida 21—24-mart dam olish kunlari etib belgilangani munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati dam olish kuni jadvali asosida tashkil etiladi. Unga ko’ra:

  • 21-mart, payshanba – Navro‘z bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 22-mart, juma – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 23-mart, shanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 24-mart, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Eslatib o’tamiz, oldinroq Navro’z bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlarida ayrim viloyatlarga tekin aviaqatnov va avtobus xizmati yo’lga qo’yiishi haqida xabar berilgan.