Jahon

Turkiyada Isroil bilan savdo-sotiq qilishga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi

Turkiyada Isroil bilan savdo-sotiq qilishga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi

Kecha Istanbulda Isroil bilan savdo-sotiqqa qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ko‘plab namoyishchilar hibsga olindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil bilan savdo-sotiqni tugatish talabi bilan bo‘lgan yurishda qatnashgan 43 kishi qo‘lga olindi. Namoyish «Falastin uchun minglab yoshlar” harakati tomonidan uyushtirilgan.

Ichki ishlar vaziri Ali Erlikayaning aytishicha, qo‘lga olingan fuqarolar rasmiylarni haqorat qilgan va xavfsizlik kuchlariga qarshilik ko‘rsatgan. Ulardan 38 nafari shaxsi tekshirilgandan so‘ng qo‘yib yuborilgan, 5 nafaridan esa ko‘rsatmalar olinib, sud tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llagan ikki politsiyachi ishdan chetlatilgan.