Falastin tarafdori talabalar Hamilton Xoll universitetining tarixiy binosiga kirishdi.
Kolumbiya universitetida (Nyu-York, AQSh) Falastin tarafdori talabalar tarixiy Hamilton Xoll binosiga kirganidan keyin keskinlik kuchaymoqda.
Kolumbiya universiteti rasmiylari kampusdagi Falastin birdamlik lageri muddati tugagani va bu joyni bo‘shamagan talabalarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishini e’lon qilganidan so‘ng, talabalar Hamilton Xollning eshik va derazalarini stul va stollar bilan to‘sgan.
Ushbu voqealarga javoban, seshanba kuni universitet rasmiylari kampusga kirishni keskin cheklab qo’ydi va maktab turar joylarida yashovchi asosiy xodimlar va talabalar uchun faqat bitta kirish eshigini ochiq qoldirdi.
Talabalar tun bo‘yi o‘zlari egallab olgan binoni to‘sib qo‘yishdi va o‘z ijtimoiy tarmoqlarini “talablari qondirilmaguncha binoni universitet ma’muriyatidan himoya qilishda ularni qo‘llab-quvvatlashga” chaqirishdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!