Yangiliklar

Qirgʻizistonda yuk mashinasi 29 nafar bolani urib yubordi

Qirgʻizistonda yuk mashinasi 29 nafar bolani urib yubordi

Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumanida muzqaymoq ortilgan kichik hajmli yuk mashinasi ommaviy tadbir vaqtida oʻquvchilarni bosib ketdi. Bu haqda “Kabar” agentligi xabar berdi.

9 dan 16 yoshgacha boʻlgan 29 nafar bola jarohatlangan. 18 nafar bola shifoxonaga olib ketilgan. Ulardan 7 nafari reanimatsiyaga yotqizilgan. 3 nafarining ahvoli esa ogʻir deya baholanmoqda. 11 nafar bolaga voqea joyida yordam koʻrsatilib, ambulator davolanishga yuborilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yuk mashinasi tepalikda toʻxtagan holatda turgan. Voqea sodir boʻlgan vaqtda rulda haydovchi boʻlmagan. Yuk mashina tormozdan chiqib ketib, pastlikka qarab harakatlangan va respublika tanlovida “Manas” dostonini ijro etish uchun safga tizilgan oʻquvchilar ustidan yurib ketgan.