Rossiya Federatsiyasi Afgʻonistonda ish oʻrinlari yaratish va mamlakatni rivojlantirish loyihalariga sarmoya kiritish niyatida. Bu haqda Afg‘onistondagi Rossiya biznes markazi rahbari Rustam Xabibullin RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya sarmoyalari Afgʻonistonga kira boshladi. Zavodlar, fabrikalar, qishloq xo‘jaligi, jumladan, Qush-tap suv kanalining qurilishi katta qiziqish uyg‘otmoqda.
«Qator korxonalarimiz ushbu kanal yonidan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga berishni yo‘lga qo‘ymoqda”, — dedi Xabibullin.
Shuningdek, Rossiya Afgʻonistonga ham faol ravishda insonparvarlik yordami yetkazib bermoqda, xususan, oʻtgan yili mamlakatning kasal aholisiga 250 ming qutidan ortiq dori-darmon berilgan.
«Ammo biz ish o’rinlarini rivojlantirish va rossiyalik investorlarni afg’on loyihalariga jalb etishni maqsad qilganmiz», – dedi Rossiya biznes markazi rahbari.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!