Iqtisod

Oʻzbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?

Oʻzbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 226 tani tashkil etgan.

Shundan, 4 576 tasi qoʻshma korxonalar va 9 650 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi. 

Xorijiy kapital ishtirokida eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya – 3 019 ta
  • Xitoy – 2 501 ta 
  • Turkiya – 1 886 ta
  • Qozogʻiston – 1 102 ta
  • Janubiy Koreya – 727 ta
  • AQSH – 311 ta
  • Tojikiston – 307 ta
  • Qirgʻiz R. – 280 ta
  • Ozarbayjon – 236 ta
  • Germaniya – 220 ta
  • Turkmaniston – 187 ta