Yangiliklar

Toshkentdagi bogʻchada bolaga nisbatan kuch ishlatildi

Toshkentdagi bogʻchada bolaga nisbatan kuch ishlatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda bogʻcha tarbiyachisi yosh bolani kaltaklamoqda” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni oʻz kuzatuviga oldi.

IIO tomonidan aniqlanishicha, ushbu video tarbiyachi N.T. ning telefon apparatida video tasmaga olingan boʻlib, ushbu holat 2024-yil 30-aprel kuni soat 11:00 da Mirzo-Ulugʻbek tumanida joylashgan 512-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida sodir boʻlganligi aniqlangan. 

Maktabgacha taʼlim muassasasi 11-guruh tarbiyachisi N.T. guruhda tarbiyalanuvchilardan birining tugʻilgan kunini nishonlash jarayonini video tasmaga olganligi, shunda N.T. tarbiyalanuvchi 2019-yilda tugʻilgan M.D. (oʻgʻil bola) ni xatti-harakatlaridan norozi boʻlgan holda, bolaning bosh qismiga bir necha marotaba qoʻli bilan urganligi aniqlangan. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.