Hukumat qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-sentyabrdan Yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga koʻra beriladi.
Bunda AGTKSHdan “UZINFOCOM” MCHJ ishlab chiqadigan gaz sarfi hisobini real vaqt rejimida koʻrsatuvchi tizim oʻrnatilganini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
Mavjud AGTKSHlar 2025-yil 1-yanvardan “UZINFOCOM” avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanishi talab etiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!