Jamiyat

2 mlrd 414 million so‘m murojaatchilar foydasiga hal etildi

2 mlrd 414 million so‘m murojaatchilar foydasiga hal etildi
Oplus_131072

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 2024-yilning 9 oyligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish natijalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

  • Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 14 172 ta murojaat kelib tushdi.
  • Fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan davlat tashkilotlari yoki mansabdor shaxslarga 103 ta ta’sir choralari shaklidagi hujjatlar kiritildi.
  • Murojaatchilar foydasiga undirilgan hamda undirish belgilangan jami mablag‘lar 2 mlrd 414 mln so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
  • 50 nafarga yaqin fuqaroning ish joyi saqlanib qolindi va ishga tiklandi, 5 nafar fuqaro bandligiga ko‘maklashildi.
  • 6 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida IIB tergovchilari tomonidan qabul qilingan qarorlar prokuratura organlari tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish uchun yuborildi.
  • davlat tashkilotlarida ishlovchi 3 nafar mas’ulga JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 28 nafariga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan, shundan 7 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 4 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
  • Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining 3 nafariga JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 10 nafar mas’ul o‘z vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortildi va 3 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi.