Toshkentda Lacetti haydovchisi yo‘ldan o‘tayotgan oilaning 3 a’zosini urib yubordi. Oila a’zolardan biri vafot etgan. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Olmazor tumanida yashovchi 35 yoshli erkak 2024-yil 24-iyul soat 22:00 atrofida mashina boshqarib kelayotganda yo‘lni belgilanmagan joyidan o‘tayotgan uchta piyodani urib yuborgan. Urib yuborilgan piyodalar er-xotin va ularning 3 yoshli jiyani bo‘lgan. Oqibatda 51 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan. Er va uning jiyani shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!