Jamiyat

Odiljon Bastamkulov UzAuto Motors bosh direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi

Odiljon Bastamkulov UzAuto Motors bosh direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi

Bu haqda kompaniya kuzatuv kengashi bayonnomasida maʼlum qilingan.

Bastamkulov Odiljon Bastamkulovich UzAuto Motors AJ bosh direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.

Bu haqda kompaniya kuzatuv kengashi bayonnomasida maʼlum qilingan. Hujjatga koʻra, sobiq direktor Bu Anderssonning vakolatlari tugatildi va Odiljon Bastamkulovga oʻtkazildi.

Bastamkulov UzAutoMotorsʼda ijrochi direktor lavozimida ishlagan.

Avvalroq Gulyamov Saidazim Mirkamalovich Uzauto Motors Powertrain AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.