Jamiyat

Toshkentda 14 yoshli bola 5-qavatdan tushib ketdi

Toshkentda 14 yoshli bola 5-qavatdan tushib ketdi

Toshkentda 14 yoshli bola 5-qavatdan tushib ketdi. Uning nogiron bo‘lgani aniqlangan.

Toshkent shahar Sergili tumanida 2009-yil 22-sentyabrda tug‘ilgan yigit derazadan tushib ketdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 4-avgust kuni Sergeli tumanida yashab kelayotgan, 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.S. uyining (5-qavatdan) derazasidan o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yerga tushib ketgan. Tez tibbiy yordam avtoulovida kasalxonaga olib kelingan hamda unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, marhum S.O. 2-guruh nogiron bo‘lganligi, shuningdek, aqli zaifligi sababli ruhiy asab kasallar dispanserida ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.