Jahon, Siyosat

Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lgan Narendra Modi Ukrainaga bormoqchi

Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lgan Narendra Modi  Ukrainaga bormoqchi

Putin bilan uchrashganidan keyin Hindiston Bosh vaziri birinchi marta Kiyevga bormoqchi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi kotibi Tanmaya La’l Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy taklifiga binoan Ukrainaga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

«Bu ham muhim voqea va tarixiy tashrif, chunki Hindiston Bosh vazirining Ukraina bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan beri 30 yildan buyon birinchi marta tashrif buyurishi bo‘ladi. Bu tashrif yetakchilar o‘rtasidagi yuqori darajadagi o‘zaro munosabatlarga aylanadi», — degan Tashqi ishlar vazirligining kotibi Tanmaya La’l.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston Ukrainadagi urushni hal qilish uchun doimo diplomatiya va muloqot tarafdori bo‘lgan.

«Bosh vazir Rossiya rahbari va endi Ukraina rahbari bilan ham suhbat o‘tkazadi. Hindiston ushbu murakkab muammoga tinch yo‘l bilan yechim topishga zarur bo‘lgan barcha yordamni berishga tayyor. Hindiston va Ukraina yetakchilari o‘rtasidagi bu muzokaralarni natijasi qanday bo‘lishini oldindan aytish yoki hukm qilish biz uchun emas», — degan u.

Hindiston nashrining yozishicha, Kiyev tomoni Bosh vazir Modining Rossiyaga safari chog‘ida Prezident Vladimir Putin bilan quchoqlashganidan keyin sodir bo‘lgan tanqidlardan so‘ng Ukrainaga tashrifi taklif etilgan. Shuningdek, Ukraina va Polshaga tashrif Bosh vazir Modining Moskva bilan uzoq yillik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va G‘arb davlatlari bilan yaqinroq munosabatlarni rivojlantirishga urinishdan dalolat beradi.

Vazir kotibining aytishicha, Hindiston Bosh vaziri Modining Ukrainaga tashrifining sanasi hali aniq emas.