Endilikda nafaqat jodugar va folbinlar, balki ularga murojaat qilayotgan fuqarolarga nisbatan ham chora ko‘radi.
“O‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida folbin va jodugarlarga murojaat qilayotgan fuqarolar ularning xizmatlarini to‘lab, bu faoliyatni rivojlantirayotgani aniqlandi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Birgina iyul oyida vazirlikda 150 dan ortiq shunday shaxs ro‘yxatga olingan va ularga nisbatan qonunga muvofiq choralar ko‘riladi.
“Sehrgarlik xizmatlari so‘rab murojaat qilgan barcha shaxslar IIVning hududiy organlariga chaqiriladi, ularga nisbatan tegishli bayonnomalar tuzilib, ma’lumotlari va fotosuratlari idora ma’lumotlar bazasiga kiritiladi”, deya ta’kidlanadi vazirlik xabarida.
So‘nggi paytlarda Tojikistonda folbinlarni aniqlash bo‘yicha muntazam reydlar o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay, ularning xizmatidan foydalanuvchilar soni hamon sezilarli darajada yuqori. Dushanbeda yil boshidan buyon sehrgarlik bilan shug‘ullanuvchi 141 kishi ushlangan.
Folbin va sehrgarlar qanday jazolanadi?
Tojikistonda fol ochish va jodugarlik bilan shug‘ullanganlarga hisob-kitob ko‘rsatkichining 80 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilanadi yoki 10 kundan 15 kungacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi. Bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi belgilangan. Folbinlar hisob-kitob uchun 1500 dan 2000 gacha jarima yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.