“21-oktabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan joylarda qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Bugun qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi ham ishtirok etdi hamda buyuk bobokalonimizga hurmat bildirishdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!