Joriy yilning 26-oktyabr kuni Jizzax viloyatida ikkita yuk avtomobili ishtirokida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 09:30 da Paxtakor tumani “Buyuk ipak yo‘li” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 957-kilometrida ro‘y bergan. 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi E.Q. boshqaruvidagi Faw rusumli hamda 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi A.E. boshqaruvidagi Howo A7 rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!