Suriyada «Hay’at Tahrir ash-Shom» boshchiligidagi muxolif guruhlar Homsdan keyin Damashqqa ham kirdi. Prezident Bashar Asad Damashqni tark etdi.
Suriya armiyasi qo‘mondonligi o‘z zobitlariga Asad rejimining qulaganini ma’lum qildi.
Shunday qilib, Suriyada yuz minglab insonlarning o‘limiga, millionlab fuqarolarning mahbus va qochqinlarga aylanishiga sabab bo‘lgan 54 yillik Asad rejimi barham topdi.
Ayni paytda poytaxt va mamlakatning katta qismi, jumladan Humus shahri muxolifat qo‘lida. Mamlakatdagi Asad oilasiga tegishli haykallar qulatilmoqda.
Muxolifat tele va radiokanallarni qo‘lga kiritdi.
Damashq xalqaro aeroporti yopilishidan qisqa muddat ilgari havoga ko‘tarilgan Il-76T (SYR9218) samolyoti 3,6 km balandlikdan 1 km ga tushganidan so‘ng radarlardan yo‘qolgan.
Damashqda joylashgan Saydana qamoqxonasidagi mahbuslar ozod qilindi.
Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy xalq tanlagan har qanday ma’muriyat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi. (Reuters)
Ayni paytda muxolifat kuchlari Kurdiston ishchi partiyasi (PKK) nazorati ostida bo‘lgan Dayr-az-Zor shahriga kirishni boshladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!