Jamiyat

O‘zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi mumkin

2027-yildan boshlab plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Shuningdek, ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) paketlardan foydalanish rag‘batlantirilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan plastik bilan ifloslanishni kamaytirish bo‘yicha milliy dastur loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” loyihasida nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, plastik mahsulotlarining kimyoviy tarkibidagi zararli moddalardan foydalanishni cheklash va qadoqlarda qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffitsiyentlarini belgilash rejalashtirilgan. Hujjat loyihasi 2025-yilning sentyabrigacha ishlab chiqilishi va 2025-yilning noyabrigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak.