Jamiyat, Siyosat

Shavkat Mirziyoyev davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Shavkat Mirziyoyev davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

▫️2021–2024-yillarda 47 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan. Bu – oldingi o‘n yillikdagi ko‘rsatkichdan 30 karra ko‘p.

▫️Xususiylashtirish sohasidagi 2025 yilgi maqsadlar belgilab olindi. Jumladan:

– 30 trillion so‘mlik davlat mulkini sotib, byudjetga kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;

– 116 ta korxonadagi davlat ulushini va 581 ta ko‘chmas mulk obyektini sotuvga chiqarish;

– 6,1 ming gektar yerni auksionga qo‘yib, sotish hajmini 6 trillion so‘mga yetkazish;

– kamida 300 ta kon va maydonni tashabbuskorlarga taklif etib, 500 milliard so‘m tushum tushirish.

– Endi tadbirkorlar kamida besh yil ijarada foydalangan davlat mulkini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda 632 ta shunday obyekt bor.

– Paxtasanoatning sotilmay qolgan 131 ta aktivlarini boshlang‘ich bahosi 50 foizgacha pasaytirilib, auksionga chiqariladi. Bunda, tadbirkorlarga to‘lovlarni uch yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

– Bozorlarda mahalliy hokimlikning majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.

– Auksionda uzoq vaqtdan buyon sotilmay turgan, maydoni kichik bo‘lgan yonma-yon joylashgan yer uchastkalari birlashtirilib, qayta auksionga chiqariladi.

– Mahalliy byudjetga tushumni ko‘paytirish: Toshkent shahrida munitsipal toifadagi joylar xatlov qilinib, elektron bazasi yaratildi. 102 ta samarasiz bino hamda 97 gektar bo‘sh yer aniqlanib, auksionga chiqarish boshlandi. O‘tgan yili bino-inshootlar ostidagi 118 gektar yer uchastkalarini xususiylashtirishdan 60 milliard so‘m tushum bo‘ldi. Bu – 2022-yilga nisbatan 5 karra ko‘p degani. Endi ushbu tajriba barcha viloyat markazlarida, keyingi yil tumanlarda joriy qilinadi.

– Bu yil xalqaro bozorlarda davlat ishtirokidagi 28 ta, keyingi yil 10 ta yirik korxona aksiyalari ommaviy savdoga chiqariladi.