Jamiyat

Endi mahalla raislari mediatorlik ham qiladi

Endi mahalla raislari mediatorlik ham qiladi

Endi mahalla raislari mediatorlik ham qiladi!

Joriy yilning 1-mayidan boshlab oilaviy mediasiya ishlari bo`yicha fuqarolar yig`ini raislari professional mediatorlikka bepul o`qitiladi.

Hujjatga koʻra:

2025-yil davomida O`zbekiston mahallalari uyushmasi bilan kelishilgan holda har bir tumanda (shaharda) 5 nafardan fuqarolar yig`ini raislari o`qitiladi;

kelgusida barcha fuqarolar yig`ini raislari professional mediatorlikka bosqichma-bosqich o`qitib boriladi;

professional mediatorlikka o`qitilgan fuqarolar yig`ini raislari otaning (onaning) voyaga etmagan farzandlari uchun ota-onalik huquqlarini ta’minlash bilan bog`liq nizolar bo`yicha mediatorlik faoliyatini bepul amalga oshiradi;

Shuningdek, 2025-2026 yillarda umumiy o`rta ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlar kasbiy qayta tayyorlash kurslarida bepul o`qitiladi.