Jamiyat

Ertaga Ichki ishlar vazirining shaxsiy qabuli boʻladi

Ertaga Ichki ishlar vazirining shaxsiy qabuli boʻladi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatovning, shuningdek mamlakatimizning barcha hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarini shaxsiy qabullari tashkil etilmoqda.

2025 yil Ramazon hayiti bayrami 30 mart (yakshanba) kuni nishonlanishi munosabati bilan, aholining qulayligi uchun, Ichki ishlar vazirining shaxsiy qabuli joriy yilning 29 mart (shanba) kuni, soat 10:00 da Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosida o`tkaziladi (Manzil: Taras Shevchenko ko`chasi, 62).

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar ichki ishlar organlari rahbarlarining shaxsiy va sayyor qabullarini o`tkazish manzillari rasmiy kanallar orqali alohida e’lon qilinadi.

Qabullarda aholi dardi tinglanib, ularning qo`yayotgan asosli vajlari qanoatlantiriladi va davlatga bo`lgan aholi ishonchi oshadi, deb umid qilamiz.