Namangan viloyatining bir nechta hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 5 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 21:59 da (05.01.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 16:59 da) zilzila sodir bo‘ldi.
Epitsentr: Namangan viloyati, Chortoq tumani.
Zilzila koordinatalari: 41,11 gradus shimoliy kenglik; 71,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 218 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
— Chortoq tumanida 2-3 ball, 2 km.
— Uychi tumanida 2 ball, 13 km.
— Namangan shahrida 2 ball, 17 km.
— Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 20 km.
— Kosonsoy tumanida 2 ball, 23 km.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!