Bugun 2-avgust kuni Buxoro viloyatida zilzila sodir bo’ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 10:39 da (02.08.2024-yil, Grinvich bo‘yicha 05:39 da) zilzila sodir bo‘ldi.
Epitsentr: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani. Zilzila koordinatalari: 40,42 gradus shimoliy kenglik; 65,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 351 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Navbahor tumanida 2-3 ball, 28 km.
G‘ijduvon tumanida 2 ball, 35 km.
Navoiy shahrida 2 ball, 39 km.
Karmana tumanida 2 ball, 44 km.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!