Hodisa

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 7-9 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi 7 oktyabrda +23…+28, 8-9 oktyabrda +24…+29 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8…+13, kunduzi 7 oktyabrda +23…+28, 8-9 oktyabrda +24…+29 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8…+13, kunduzi +23…+28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9…+14, kunduzi 7-8 oktyabrda +24…+29, 9 oktyabrda +25…+30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 oktyabrda kechasi +10…+15, kunduzi +20…+25, 8-9 oktyabrda kechasi +7…+12, kunduzi +22…+27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 8-9 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 oktyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7, kunduzi 7 oktyabrda +10…+15, 8-9 oktyabrda +13…+18 daraja bo‘ladi.