Oʻzbekistonda 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida «saylov.mfa.uz» sayti ishga tushirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Mazkur sayt Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolariga konsullik hisobida turmasdan ovoz berish uchun saylovchilar roʻyxatiga kiritishga elektron murojaat qilish imkonini beradi.
Shuningdek, platforma orqali xorijdagi fuqarolar eksterritorial tamoyili asosida oʻzlari tanlagan saylov uchastkasini oʻzgartirish imkoniyati yaratildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!